Mono Electric
2001-yildan buyon elektrotexnika sohasida innovatsion yechimlar
Biz bilan yaqindan tanishing
Mono Electric — zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlari va sohada ko‘p yillik tajribaga ega xalqaro elektrtexnika mahsulotlari ishlab chiqaruvchisi. Kompaniya o‘z faoliyatini 2001-yilda boshlagan bo‘lib, bugungi kunda xalqaro bozor uchun sifatli va zamonaviy mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan ishlab chiqarish majmualarini birlashtiradi.
Ishlab chiqarish maydonlari ilg‘or texnologiyalar va zamonaviy laboratoriya uskunalari bilan jihozlangan hamda ISO 9001 xalqaro sifat menejmenti tizimiga mos keladi. Barcha ishlab chiqarish bosqichlari yuqori sifat standartlari asosida tashkil etilgan bo‘lib, mahsulotlar tajribali mutaxassislar nazorati ostida qat’iy tekshiruvdan o‘tkaziladi.
Mono Electric assortimenti xavfsizlik, funksionallik va zamonaviy dizayn talablariga mos ravishda ishlab chiqilgan keng turdagi o‘chirgichlar, rozetkalar va aksessuarlarni o‘z ichiga oladi. Kompaniya mahsulotlari Yevropa, Osiyo va Afrika bozorlarida muvaffaqiyatli taqdim etilgan bo‘lib, innovatsiyalarni joriy etish va distribyutorlik tarmog‘ini rivojlantirish orqali brend xalqaro bozordagi o‘rnini mustahkamlab bormoqda.
Missiya va qadriyatlar
Missiya
Sohamizda yetakchi o‘rinni egallash, mahsulotlarimizdan foydalanayotgan insonlarning xavfsizligini ta’minlash hamda taklif etilayotgan mahsulotlarni eng maqbul narxlarda yetkazib berish.
Professional jamoa
Ishonchlilik
Missiya
Mas’uliyat
Mono Electric raqamlarda
Kompaniyaning ko‘lami, ishlab chiqarish salohiyati va xalqaro miqyosdagi mavqeini aks ettiruvchi asosiy ko'rsatkichlar
Zavod
Global ishlab chiqarish: Turkiya, Jazoir, O‘zbekiston
Mamlakat
Dunyoning 50 dan ortiq mamlakatlariga eksport
Hodimlar
Xalqaro professional jamoa