Mono Electric

2001-yildan buyon elektrotexnika sohasida innovatsion yechimlar

Biz bilan yaqindan tanishing

Mono Electric — elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarishda 25 yildan buyon jahon standartlarini belgilab kelayotgan xalqaro sanoat kompaniya. 2001-yilda o'z faoliyatini boshlagan kompaniyamiz bugungi kunda Jazoir, Turkiya va O‘zbekistondagi uchta yirik ishlab chiqarish klasterini birlashtirib, dunyoning 50 dan ortiq mamlakatiga yuqori sifatli uskunalar yetkazib bermoqda.

Ishlab chiqarish jarayonlari to‘liq tizimli yondashuv asosida tashkil etilgan bo‘lib, barcha bosqichlar xalqaro me’yor va talablarga muvofiq amalga oshiriladi. Mahsulotlar zamonaviy uskunalar yordamida ishlab chiqariladi hamda tajribali mutaxassislar tomonidan qat’iy sifat nazoratidan o‘tkaziladi. Yuqori darajadagi lokalizatsiya kompaniyaga mahsulot tannarxini maqbullashtirish bilan birga, xalqaro standartlarga mos sifatni ta’minlash imkonini beradi.

Mono Electric mahsulotlari Afrika, Yevropa va Osiyo bozorlarida muvaffaqiyatli taqdim etilib, turli mamlakatlarga eksport qilinmoqda. O‘zbekistonda keng distribyutorlik va savdo tarmog‘i shakllantirilgan bo‘lib, mahsulotlar respublikaning barcha hududlarida mavjud.

Kompaniya ijtimoiy mas’uliyat tamoyillariga ham alohida e’tibor qaratadi — yangi ish o‘rinlari yaratish, inklyuziv bandlikni qo‘llab-quvvatlash va hududiy rivojlanishga hissa qo‘shish ustuvor yo‘nalishlardan hisoblanadi.

Mono Electric bugungi kunda ishonchli hamkor, barqaror ishlab chiqaruvchi va innovatsion yechimlar taqdim etuvchi yetakchi brendlardan biri sifatida o‘z mavqeini mustahkamlab, ishlab chiqarish salohiyati va eksport geografiyasini izchil kengaytirib bormoqda.

Mono Electric

Kompaniya tarixi

Barqaror rivojlanish va xalqaro kengayish yo‘li.

Missiya va qadriyatlar

Missiya

Sohamizda yetakchi o‘rinni egallash, mahsulotlarimizdan foydalanayotgan insonlarning xavfsizligini ta’minlash hamda taklif etilayotgan mahsulotlarni eng maqbul narxlarda yetkazib berish.

Sifat

Sifat

Faoliyatimizning asosiy tamoyili. Barcha jarayonlar xalqaro menejment tizimlari va standartlarga muvofiq tashkil etilgan bo‘lib, ishlab chiqarishning har bir bosqichida to‘liq kuzatuvchanlik va qat’iy nazoratni ta’minlaydi.

Ishonchlilik

Mahsulotlarimiz milliy va xalqaro me’yorlarga muvofiq ishlab chiqariladi. Har bir mahsulot majburiy tekshiruvdan o‘tkazilib, barqarorlik, uzoq muddatli xizmat va xavfsizlik kafolatlanadi.

Missiya

Ishonch, xavfsizlik va innovatsiyani birlashtirgan, jamiyatga foyda keltiradigan hamda eng yuqori xalqaro sifat standartlariga javob beradigan elektrotexnik yechimlarni yaratish.
Mas’uliyat

Mas’uliyat

Biz sohamizda yetakchilikka intilib, mijozlarga qulay, estetik va texnologik yechimlarni adolatli narxlarda taqdim etamiz, yuqori servis darajasi va uzoq muddatli hamkorlikni ta’minlaymiz.

Mono Electric raqamlarda

Kompaniyaning ko‘lami, ishlab chiqarish salohiyati va xalqaro miqyosdagi mavqeini aks ettiruvchi asosiy ko'rsatkichlar

0 ta

Zavod

Mono Electric — Turkiya, Jazoir va O‘zbekistonda ishlab chiqarish quvvatlariga ega global brend.

0+

Mamlakat

Kompaniya mahsulotlari dunyoning 50 dan ortiq mamlakatlariga eksport qilinadi.

0+

Hodimlar

Xalqaro professional jamoa sifat va innovatsiyalarni ta’minlaydi.

Sertifikatlarimiz

Hujjatlar

Mahsulotlarimiz bo‘yicha texnik hujjatlar, qo‘llanmalar va kataloglarni yuklab oling.

Каталог продукции 2024

Полный каталог выпускаемой продукции с техническими характеристиками

PDF
13.0 KB

Руководство по монтажу

Подробные инструкции по установке и подключению оборудования

PDF
13.0 KB

Техническая документация

Схемы, чертежи и спецификации для всех типов оборудования

PDF
13.0 KB

Сертификаты качества

Схемы, чертежи и спецификации для всех типов оборудования

PDF
13.0 KB

Прайс-лист 2024

Актуальные цены на весь ассортимент продукции

PDF
13.0 KB

Savollaringiz bormi? Sizga mamnuniyat bilan yordam beramiz!

Ariza formasini to‘ldiring, va menejerimiz tez orada siz bilan bog‘lanib, barcha savollaringizga javob beradi.